GEO - Axborot Tizimlari bo'yicha o'quv seminar

Mazkur seminar koʻzlangan maqsad zamonaviy axborot tizimi hisoblangan geoaxborot tizimini (GAT) nazariy va amaliy asoslarini oʻrganishdan iborat. Suv xo‘jaligi axborot texnologiyalari va suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish sohalari  boʻyicha faoliyat olib borayotgan mutahasislar mazkur moduldan GAT ning nazariy va amaliy jihatdan qoʻllanilishi tushinish hamda suv resurslarini boshqarish va boshqa tarmoqlarda GATni tatbiq  etish bo‘yicha bilim va koʻnikmalarini olishda foydalanishlari mumkin. 

Bundan tashqari, mazkur modulda GAT yordamida suv va gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritishning asosiy vazifalari hisoblangan ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va fazoviy ma’lumotlar koʻrinishida tasvirlash bo‘yicha koʻnikmalarini oshirishda katta yordam beradi.